Piring tarmogʻiga ulanish uchun texnik shartlar

Uz-IX – “O‘zbektelekom” AK tomonidan boshqariladigan infratuzilma bo‘lib, unda barcha Ishtirokchilar (piring hamkorlar) bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri trafik almashishlari mumkin.

Ushbu hujjat “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘i bilan piring boʻyicha o‘zaro ulanishning umumiy texnik tavsiflari, asosiy mezonlari va qoidalarini, Uz-IX trafik almashinuv nuqtasi xizmatlaridan foydalanuvchi barcha Ishtirokchilar (piring hamkorlar) tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan talab va shartlarni belgilaydi.

Ushbu hujjat Uz-IX da koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishi va unga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Keyinchalik ushbu hujjatga kiritilgan oʻzgartirishlar Kompaniyaning rasmiy vebsaytida yangi texnik shartlar joylashtirilgan kundan boshlab bir necha kun ichida kuchga kiradi.

Piring tarmog’iga ulanish imkoniyati individual ravishda belgilanadi. “O‘zbektelekom” AK ushbu siyosatni istalgan vaqtda, belgilangan tartibda o‘zgartirishga haqli.

Uz-IX ishtirokchisi (piring hamkor) yuridik shaxs bo‘lishi va hududiy Internet registratorlaridan biri (RIPE-NCC, APNIC, LACNIC, ARIN) yoki mahalliy Internet registratori (Local Internet registry, LIR) tomonidan berilgan o‘zining Avtonom Tizimiga (Autonomous System Number, ASN) ega bo‘lishi kerak

Piring ulanishini oʻrnatish toʻgʻrisidagi soʻrov “Oʻzbektelekom” AKga rasmiy xat orqali yuborilishi kerak.

Bu siyosat IPv4 va IPv6 manzillari uchun amal qiladi.

Umumiy talablar:

  • Ishtirokchining (piring hamkor) tarmogʻi 5 ta Mintaqaviy Internet Registratorlaridan (RIR) birida roʻyxatdan oʻtgan Avtonom tizim raqamiga (ASN) ega boʻlishi va piring sessiyasini oʻrnatish uchun BGPv4 protokolidan foydalanishi kerak
  • Ishtirokchi (piring hamkor) “O‘zbektelekom” AK roziligisiz default route oʻrnatish, next hop manzilini oʻzgartirish yoki kimgadir berish va hokazolar orqali piring munosabatlarini buzmasligi kerak.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) piring ulanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday avariya holatlari yoki hamkor tomonida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida “O‘zbektelekom” AKni elektron pochta orqali xabardor qilishi shart.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) mas’ul mutaxassisni tayinlashi va uning aloqa ma’lumotlarini “O‘zbektelekom” AKga taqdim etishi shart.
  • Ethernet 1000Base-X turkumidagi Uz-IX ulanish interfeyslari uchun ishtirokchi (piring hamkor) Uz-IX ga barcha ulanish interfeyslarida tezlikni avtomatik moslashtirish funksiyasi va dupleksni (auto-negotiation) o‘chirib qo‘yishi hamda interfeys konfiguratsiyasini aniq belgilashi shart.
  • Uz-IX tarmogʻida uzatiladigan Ethernet kadrlari quyidagi turlardan biriga ega boʻlishi kerak

    o 0x0800 - IPv4;

    o 0x0806 - ARP;

    o 0x86dd - IPv6;

    o 0x8100 - IEEE 802.1Q VLAN-tagged frames.

  • Ishtirokchi (piring hamkor) Uz-IX ga ulanish uchun foydalaniladigan hamma mantiqiy (логический) interfeyslarning barcha MAC manzillari toʻgʻrisida Uz-IX administratorlarini xabardor qilishi shart.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) Uz-IX ga har bir ulanish interfeysida Ethernet framelarni faqat ushbu interfeys orqali olingan MAC manzillarga uzatishi shart.
  • Uz-IX tarmogʻiga individual port orqali yuboriladigan barcha Ethernet kadrlari ushbu port uchun belgilangan MAC manziliga ega boʻlishi kerak.
  • Uz-IX tarmogʻiga uzatiladigan Ethernet kadrlari quyidagi hollardan tashqari guruh yoki keng koʻlamda uzatadigan MAC manziliga yuborilmasligi kerak:

    o broadcast ARP;

    o multicast IPv6 Neighbor Discovery (ND);

    Uz-IX qoidalarida aniq ruxsat berilgan boʻlsa.

  • Link-local protokollar trafigi Uz-IX tarmogʻiga uzatilmasligi kerak.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) barcha Uz-IX ulanish interfeyslarida quyidagilarni o‘chirib qo‘yishi kerak:

    o ARP proxy;

    o Broadcast forwarding;

    o IP Redirects.

  • Taqiqlangan protokollar roʻyxati (bu roʻyxat ushbu protokollar bilan cheklanmaydi) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    o IRDP;

    o ICMP Redirect;

    o IEEE802 Spanning Tree;

    o aniqlashning xususiy protokollari (masalan: CDP yoki EDP);

    o marshrutlashning ichki protokollari /koʻp manzilli tarqatmalar (OSPF, IS-IS, IGRP, EGRP);

    o BOOTP/DHCP;

    o PIM-SM;

    o PIM-DM;

    o DVRM;

    o L2 Keepаlive va boshqalar.

  • ARP trafik har bir port uchun soniyasiga 20 paketdan oshmasligi kerak
  • Uz-IX tarmog‘iga ulanish uchun barcha interfeyslarda faqatgina bevosita “O‘zbektelekom” AK tomonidan ajratilgan tegishli quyi tarmoq maskasiga (prefix lengths) ega bo‘lgan IP manzillardan foydalanish kerak. Ishtirokchi (piring hamkor) “O‘zbektelekom” AKning yozma roziligisiz Uz-IX tarmog‘ining IP manzillarini uchinchi shaxsga oshkor qilmasligi shart.
  • Uz-IX tarmogʻi orqali marshrutlash ma’lumotlarini almashish faqat BGPv4 marshrutlash protokoli orqali amalga oshirilishi kerak.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) tomonidan BGP orqali e’lon qilingan AS raqamlari shaxsiy foydalanish uchun band qilingan diapazonda boʻlmasligi kerak.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) Uz-IX tarmogʻi orqali trafikni faqat Uz-IX tarmogʻi orqali Ishtirokchiga e’lon qilingan tarmoqlarga yoʻnaltirishi shart.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) Uz-IX tarmogʻi orqali e’lon qiladigan barcha yoʻnalishlar RIPE yoki boshqa Internet marshrut reestrida koʻrsatilishi kerak. Agar Ishtirokchi (piring hamkor) orqali e’lon qilingan ASNlar bir xil texnik xizmat (NOC) tomonidan boshqarilsa va umumiy aloqa ma’lumotlariga ega boʻlsa, Ishtirokchilar (piring hamkorlar) Uz-IX tarmogʻida piring uchun bir nechta ASN dan foydalanishlari mumkin, yoki buni “O‘zbektelekom” AK bilan alohida yozma shartnoma tuzish orqali amalga oshirishlari mumkin.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) filtrlashni (AS, marshrutlar, prefiks-limit) qo‘llash huquqiga ega va “O‘zbektelekom” AK so‘roviga ko‘ra qo‘llanilgan filtrlar haqida ma’lumot taqdim etish kerak.
  • Ishtirokchi (piring hamkor) /24 dan koʻra oʻziga xosroq tarmoqlarni e’lon qilmasligi kerak..
  • Ishtirokchi (piring hamkor) “O‘zbektelekom” AK as-set ga tegishli AS trafigini bloklamasligi kerak, “O‘zbektelekom” AK tarmog‘idan DDoS hujumlari sodir bo‘lgan hollar bundan mustasno
  • Piring ulanishidagi trafik hajmi ulanishning ruxsat etilgan hajmining 75% dan oshmasligi kerak. Yoʻqotilish 75% dan ortiq boʻlsa, piring hamkor oʻtkazish qobiliyatini oshirish choralarini koʻrishi kerak.

Uz-IX Ishtirokchisi (piring hamkori) ushbu hujjat talablarini buzsa, “O‘zbektelekom” AK administrativ va texnik vakilning elektron manzillariga oldindan xabar bergan holda, ushbu Ishtirokchining (piring hamkor) portlarini o‘chirib qo‘yish yoki karantinga o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Port konfiguratsiyasini tiklash talablarning buzilishlari bartaraf etilib, Uz-IX texnik mutaxassislari tomonidan tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.

Uz-IX da piring siyosati

“O‘zbektelekom” AK qo‘shimcha cheklovlar bilan quyidagi Uz-IX trafik almashinuv nuqtalarida Ishtirokchilar (piring hamkorlar) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri BGP sessiyalarini o‘rnatadi:

  • 244-ATS - shartlar va cheklovlar; Uz-IX tarmogʻiga ulanish uchun interfeys turlari: - 1 Gbit/s GigabitEthernet (mis: 1000Base-T); - 1 Gbit/s GigabitEthernet (optika: 1000BaseLX, Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km); - 10 gigabit Ethernet (optika: 10000BaseLR Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km);
  • 252-ATS - shartlar va cheklovlar; Uz-IX tarmogʻiga ulanish uchun interfeys turlari: - 1 Gbit/s GigabitEthernet (mis: 1000Base-T); - 1 Gbit/s GigabitEthernet (optika: 1000Base-LX, Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km); - 10 gigabit Ethernet (optika: 10000Base-LR Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km).
  • 233-ATS - shartlar va cheklovlar; Uz-IX tarmogʻiga ulanish uchun interfeys turlari: - 1 Gbit/s GigabitEthernet (mis: 1000Base-T); - 1 Gbit/s GigabitEthernet (optika: 1000Base-LX, Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km); - 10 gigabit Ethernet (optika: 10000Base-LR Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km).
  • 234-ATS - shartlar va cheklovlar; Uz-IX tarmogʻiga ulanish uchun interfeys turlari: - 1 Gbit/s GigabitEthernet (mis: 1000Base-T); - 1 Gbit/s GigabitEthernet (optika: 1000Base-LX, Bir modali optik tola, ikki tolali, 1310 nm, 10 km).

IPv4 va IPv6 piring ulanishlarini qoʻllab-quvvatlash afzalroqdir